2022-09-02 16:26:03
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Qo’shma ta’lim dasturlari” asosida 2+2 ва 2+3 formatlarida o’qishga taklif etadi
2022/2023- o’quv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Qo’shma ta’lim dasturlari” uchun
kunduzgi va
sirtqi shakllarda ta'lim olish bo'yicha ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan holda rasman tasdiqlangan.
Hujjatlar 2022-yilning
10-sentabriga qadar davom etadi.
Abituriyentlar quyidagi ta’lim yo’nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
Bakalavriat uchun
(kunduzgi va sirtqi): Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
— Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish;
— Biotibbiyot muhandisligi;
— Metallar texnologiyalari (jarayon turlari bo'yicha);
— Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)(sirtqi);
— Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)(sirtqi).
Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
— Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha);
— Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)(sirtqi);
— Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)(sirtqi).
Rossiya Milliy tadqiqot universiteti “Moskva energetika instituti” bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
— Elektr energetikasi.
Rossiyaning Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
— Transport vositalari muhandisligi (qishloq xo’jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi).
Rossiyaning Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan:
— Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo’yicha).
Batafsil ma’lumotlarni
71 207-54-00, 71 246-80-65 raqamlari orqali yoki sop.tdtu.uz sayti va @sop_tgtu_rasmiy Telegram kanalida olishingiz mumkin.
Ta’lim reklamasi
53 views13:26