Get Mystery Box with random crypto!

Shukr qilganingiz sari shukr qiladigan narsalaringiz koʻpayave | My meaningful life

Shukr qilganingiz sari shukr qiladigan narsalaringiz koʻpayaveradi...

Biror yoqimsiz soʻzni aytishdan oldin umuman gapira olmaydiganlarni yodingizga oling...

Taomdan shikoyat qilishdan oldin, yeyishga bir tishlam noni yoʻqlarni esga oling...

Hayotingizdan shikoyat qilishdan oldin, umri ayni gullagan yoshida tugaganlarni eslang...

Uyni tozalash, kim pol yuvishi haqida janjal koʻtarishdan oldin, millionlab uysiz odamlar ham borligini yodga oling...

Ishingiz ogʻirligidan nolishdan oldin, qanchadan-qancha odamlarga siznikidek ishi boʻlishligi orzu ekanligini ham bilib qoʻying...

Birovni barmogʻingiz bilan koʻrsatib, uning gunohlarini sanashdan oldin, oʻzingizning ham gunohkor banda ekanligingiz va bir kun Alloh oldida javob berishing koʻz oldingizda tursin...


Hayot – bu bebaho hadya. Doimo shukr qiluvchi bandlari qatorida boʻlishlik nasib qilsin ilohim... Kuningiz hayrli va barokatli oʻtsin, dindoshim ))