Get Mystery Box with random crypto!

BAROAT KECHASI HAQIDA Shaʼbon oyida roʻza tutish uchun eng | Бакара сураси

BAROAT KECHASI HAQIDA

Shaʼbon oyida roʻza tutish uchun eng afzal kunlar yaqinlashmoqda. Baroat kechasini ham gʻaflatda oʻtkazib yubormang! Nimaiki soʻraydigan narsangiz boʻlsa aynan shu kecha Allohdan soʻrang, chunki bu kecha Alloh taʼolo - “Soʻraydigan bormi? Beraman” deydigan kechadir.

BAROAT KECHASI QAYSI TUNGA TOʻGʻRI KELADI?

Baroat kecha Shaʼbon oyining 14-sidan 15-kechasiga toʻgʻri keladi. Milodiy yil hisobi boʻyicha esa bu yilgi Baroat kechasi bir taqvimga koʻra 17-martdan 18-martga oʻtar kechasiga, Yana bir taqvimga koʻra 18-martdan 19-martga oʻtar kechasiga toʻgʻri keladi.

QACHON ROʻZA TUTAMIZ?

17-18-19-mart kunlari
Saxarlik va iftorlik vaqti: (Toshkent vaqti bilan )

Payshanba: 05:17-18:32
Juma: 05:15-18:33
Shanba: 05:13-18:34

P.S.: Biz sizga eslatdik, siz ham birodarlaringizga eslating. Illo eslatuvchiga ham teng savob yozilgay!

@bakarasurasi138