Get Mystery Box with random crypto!

KO‘ZLARIM... Ko‘zlarim siz uchun kipriklar qoqdi, Siz uchun | "АЁЛ КАЛБИ"

KO‘ZLARIM...

Ko‘zlarim siz uchun kipriklar qoqdi,
Siz uchun yashadim, siz uchun kuldim.
Ha, men sizni sevdim! Ha! Xudo haqqi,
O'sha xotira va kuz uchun kuldim!

Ko‘zlarim yo‘lingiz poyladi hamon,
Xazonrez barglardan gulchambar taqdim.
Qalamlar sevgidan kuyladi hamon,
Bitta boqishimda qalbga o‘t yoqdim.

Ko‘zlarim... nigohim bir sizga mushtoq,
Yo‘lingiz kutmoqda bir telba sanam.
Sevishim aytolmam, labimda titroq,
Sizni sevishimni aytadi qalam.

Ko‘zlarim yo‘lingiz poylagan mahal,
Jimgina xayolchan ko'kka ko‘z tikdim.
Sizsiz lahzalarim umrimga badal,
Sog‘inchli ummonda bir o'zim cho‘kdim!

Ko‘zlarim... ma‘yusdir! Sizsizlik ezar,
Bilingiz Durdona sevadi yonib.
Har tunda bir sizga atab she'r yozar,
Gohida o'zining so'zidan tonib...


#muallif
#DURDONA_OLIMZODA